Xitoyda boshida tuyoq o‘sgan sigir tarmoqlarda mashhur bo‘ldi! (video)

Xitoyda boshida tuyoq o‘sgan sigir tarmoqlarda mashhur bo‘ldi! (video)

Xitoyning Jilin provinsiyasida boshida tuyoqqa o‘xshash o‘simtasi bor sigir ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Hayvon aks etgan video tarqalganidan keyin u qisqa vaqt ichida ko‘pchilikning e’tiborini tortgan.

Sigir egasining aytishicha, videodan so‘ng hayvonni sotib olish istagida bo‘lganlar ko‘paygan. Unga turli takliflar tushgan, ammo egasi sigirni sotmasligini bildirgan.

Mutaxassislar bu holat polimeliya deb ataladigan kam uchraydigan tug‘ma rivojlanish nuqsoni bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Bunday holatda hayvon tanasida ortiqcha qo‘l yoki oyoq shakllanishi mumkin.

Hozircha sigirning sog‘lig‘i va o‘simtaning unga qay darajada ta’sir qilayotgani haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar