Green Card arizalari bo‘yicha talablar kuchaytiriladi

Green Card arizalari bo‘yicha talablar kuchaytiriladi

AQSHda Green Card olish uchun ariza topshiruvchilarga nisbatan talablar qat’iylashtiriladi. Yangi tartib 18 sentyabrdan kuchga kirishi kutilmoqda. Unga ko‘ra, arizachining kelgusida davlat ijtimoiy yordamiga qaram bo‘lib qolish ehtimoli alohida baholanadi.

Ariza ko‘rib chiqilayotganda shaxsning davlat ijtimoiy yordamidan foydalangani yoki foydalanmagani, yoshi, sog‘lig‘i va oilaviy holati inobatga olinadi. Shuningdek, daromadi, mol-mulki, moliyaviy imkoniyatlari, ma’lumoti, kasbi va ish tajribasi ham baholanadi.

Agar arizachi kelajakda davlat yordamiga muhtoj bo‘lib qolishi mumkin, degan xulosaga kelinsa, unga Green Card berish rad etilishi mumkin. Bunday baholash har bir ariza bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.

Mazkur tartib AQSHda “public charge” deb ataladigan qoida bilan bog‘liq. U doimiy yashash huquqini so‘rayotgan shaxs o‘zini moliyaviy jihatdan ta’minlay olish-olmasligini baholashni nazarda tutadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar