22:40 / 26.01.2018
9 490

Dunyoning eng yaxshi 10 mamlakati: Shveysariya dunyoning "eng yaxshi mamlakati"...

Дунёнинг энг яхши 10 мамлакати: Швейцария дунёнинг "энг яхши мамлакати"...
«Best Countries Report» ma’lumotiga ko‘ra, Shveysariya qatorasiga ikkinchi marta «dunyoning eng yaxshi mamlakati» deya e’tirof etildi, deb yozadi Xabar.uz.

Alp tog‘i bag‘ridagi mamlakatning ushbu muvaffaqiyatiga 21 mingdan ziyod zodagonlar qatlami, biznes vakillari, oshkoralik, yuqori turmush darajasi asos qilib olingan. «Best Countries Report» 80 ta mamlakatdagi iqtisodiy ochiqlik, turmush darajasi, shaxs omili kabi kategoriyalarga asosan ish ko‘rgan.

«Best Countries Report» reytingi «US News&World Report» raqamli yangiliklar xizmati, «Y&R» marketing kompaniyasi, Pensilvaniya universitetining Uorton biznes maktabi kabi tashkilotlar hamkorligida ishlab chiqilgan.

Shveysariya ketma-ket ikki marta ishsizlikning quyi darajasi, yuqori malakali ishchilari, barqaror va shitob bilan rivojlanayotgan iqtisodi, tadbirkorlik, hayot darajasining yuqoriligi bilan dunyoda yaqqol yetakchi hisoblanadi.

Eng yaxshi deb tan olingan 10 davlatning 6 tasi Yevropa mamlakatlaridir.

Kanada esa yana bir bor ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Ushbu davlat rivojlangan texnologik sanoat va yuqori turmush darajasi bilan shu o‘ringa munosib ko‘rilgan. Mamlakat bosh vaziri Jastin Tryudoning sa’y-harakatlari, jamiyatning xavfsizligi borasidagi ishlar va fuqarolarga g‘amxo‘rlik, bag‘rikenglik omillari, sog‘liqni saqlash va ta’lim sifati ham ushbu darajaga erishishda muhim omil bo‘lgan.

Germaniya bu yil iqtisodiy rivojlanish, jahon hamjamiyatiga ta’sirining ortishi, ishchi kuchi salohiyati natijasida to‘rtinchi o‘rindan uchinchi pog‘onaga ko‘tarilgan. Yevropaning eng ko‘p aholiga ega davlati, shuningdek, ulkan iqtisodiy salohiyati va xalqaro yordam jamg‘armalariga berayotgan katta yordami tufayli dunyoning beshinchi iqtisodiy qudratli davlatiga aylangan.

Buyuk Britaniya «Brexit» oqibatlari haqidagi xavotirlarga qaramay to‘rtinchi pog‘onani egalladi. Shekspir yurti bu borada ko‘proq madaniy yutuqlar, tadbirkorlik omili, global qudrat evaziga e’tirofga sazovor bo‘lgan.

Beshinchi o‘rin Osiyo qit’asi vakili — Yaponiyaga nasib etdi. Bu yil ushbu mamlakat dunyoning tadbirkorlik rivojlangan ikkinchi eng yaxshi davlati deb ham tan olindi.

Oltinchi o‘rinni Shvetsiya egallagan. U dunyoda inson huquqlari himoyasi, xizmat ko‘rsatish, o‘zaro hamjihatlik va yordam borasidagi chaqiriqlari bilan mashhurdir.

Yettinchi o‘rindagi Avstraliya yirik yalpi ichki mahsulot ko‘lami, ulkan moliyaviy kapital tufayli e’tiborga sazovordir.

AQSh sakkizinchi o‘rinda qayd qilingan, davlatning harbiy qudrati va jahon siyosatiga ta’siri yuqori darajada. Bundan tashqari, madaniy hayot va tadbirkorlik ham e’tirofga loyiq.

Fransiya 2017 yildagi kabi hamon to‘qqizinchi o‘rinda. Shuningdek, fransuzlar madaniy ta’sir bo‘yicha ikkinchi va qadriyatlar borasida to‘rtinchi pog‘onani egallagan.

So‘nggi pog‘onadan Niderlandiya joy olgan. Niderlandiya yuqori turmush darajasi, yirik savdo aylanmasi, rivojlangan texnologiyalarga ega qishloq xo‘jaligi mavjud mamlakat ekanligi asosiy omillar sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng yaxshi 10 mamlakati: Shveysariya dunyoning "eng yaxshi mamlakati"...