
Ramazon arafasida saxovatpesha boylaridan biri Istanbulning Tarlabashi mavzesidagi dehqon bozoridagi barcha mahsulotni sotib oldi va bozorga kelganlarga bepul tarqatdi. Bu haqda Hurriyet'ga tayanib Azon nashri xabar berdi.
Holding sohibi bo‘lmish boyning ismi oshkor etilmadi. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, meva-chevayu sabzavotlar bu kishidan stipendiya oladigan universitet talabalari tomonidan tarqatib chiqildi. Bozordagi barcha mahsulot ikki soatning ichida tugadi.
Bundan tashqari, do‘konlardan kerakli mahsulotlarni xarid qilishi uchun ehtiyojmandlarga jami 7 ming dona 100 liralik (taxminan 25 AQSh dollari) to‘lov kartochkalari ham tarqatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar