06:00 / 02.09.2018
4 804

Ozarboyjon Rossiyadan 5 milliard dollarlik qurol sotib oldi

Ozarboyjon Rossiyadan 5 milliard dollarlik qurol sotib oldi
Ozarboyjonning Rossiyadan qurol sotib olish boʻyicha bajarilgan shartnomalari 5 mlrd dollarga baholanmoqda va bu raqamlar oʻsishda davom etmoqda, deb maʼlum qildi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev. Ozarboyjon prezidenti hozirda Rossiyada rasmiy tashrif bilan qolmoqda

“Biz bugun harbiy-texnik sohadagi hamkorlikni muhokama qildik. Ular katta anʼanalarga ega. Rossiya va Ozarboyjon oʻrtasida amalga oshirilgan shartnomalar, Ozarboyjon Rossiyadan sotib olgan harbiy maqsaddagi mahsulot 5 mlrd dollardan oshadi va oʻsish tendensiyasiga ega. Ozarboyjon oʻz qurolli kuchlarini modernizatsiya qilishni davom ettirmoqda, Rossiya esa xalqaro bozorlarga harbiy mahsulot yetkazib beruvchi muhim davlat hisoblanadi”, deb aytgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan oʻtgan muzokaralar natijalariga koʻra Aliyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ozarboyjon Rossiyadan 5 milliard dollarlik qurol sotib oldi