«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldudan YeChL doirasidagi «MYu»ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida «Real»dagi sobiq jamoadoshi Iskoning fikrlariga munosabat bildirishni so‘rashdi.
«Qirollik klubi» yarimhimoyachisi Isko o‘tgan hafta bergan intervyularidan birida: «Biz inqirozga yechimni klub tashqarisidan izlamoqchi emasmiz. Bu yerda o‘ynashni istamaydiganlar uchun yig‘lab o‘tira olmaymiz», - deya ta’kidlagan edi.
«Hammasi joyida. Mening ketganim uchun ko‘z yosh to‘kish yaramaydi.
«Real Madrid»dagi faoliyatim qanday kechgani hech kimga sir emas. Hozir muhimi ertangi o‘yin. Boshqalarning inqirozi haqida fikr bildirish menga to‘g‘ri kelmaydi», - degan hujumchining so‘zlarini keltirib o‘tdi Mundo Deportivo.
Portugaliyalik futbolchi qariyb bir oydan buyon amerikalik ayol Ketrin Mayorga tomonidan jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib kelmoqda. Ayblov haqidagi xabarlar tarqala boshlaganidan beri Ronaldu kecha ilk marta jurnalistlar qarshisida paydo bo‘ldi.
«Bu vaziyatda yolg‘on so‘zlash niyatim yo‘q. Baxtli hayot kechiryapman. Huquqshunoslarimning ishonchi komil, shu jumladan, o‘zimning ham. Eng muhimi shundaki, men futboldan, o‘z hayotimdan zavq olib yashamoqdaman. Bundan tashqari, men haqimda qayg‘uradigan insonlar bor. Haqiqat, albatta, yuzaga chiqadi», - deya ta’kidlab o‘tdi Krishtianu Ronaldu. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi