Foto: Repost
O‘zbekistonlik Qozimbek Sobirov rossiyalik bloger Xiza (@khiza_13) o‘zining Instagram sahifasida o‘ynalgan Porsche Cayenne mashinasini yutib oldi. Bu haqda Repost xabar berdi.
Tanlov shartiga ko‘ra, bloger o‘z obunachilari orasida uchta sport-kar o‘ynagan. Tanlovda ishtirok etish uchun Instagram sahifasida #Tachki OtXizi xeshtegi ostida surat joylash kerak bo‘lgan. Bir necha kun ichida ushbu xeshteg ostida 30 mingdan ortiq suratlar joylangan. Shundan so‘ng bloger tasodifiy tanlash yo‘li orqali g‘oliblarni aniqlagan.
Tanlov g‘olibi ma’lum qilinganidan so‘ng o‘zbekistonlik g‘olibning sahifasiga obuna bo‘lgan foydalanuvchilarning soni 11 mingdan oshgan. Biroq ko‘p o‘tmay, uning sahifasiga kirib bo‘lmay qolgan (aftidan, u buzilgan).
Lekin blogerning o‘zi mashinani haqiqatdan ham o‘zbekistonlik yigit yutib olganini tasdiqlagan. U mashina topshirilishi bilan bog‘liq tafsilotlarni bir necha kundan so‘ng baham ko‘rishga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik yigit Laziz Hoshimov rossiyalik bloger Mixail Litvindan Bentley mashinasini yutib olgani haqida xabar bergan edik. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin