09:40 / 25.03.2020
3 188

Lionel Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevro ajratdi

Lionel Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevro ajratdi
Foto: Getty Images
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 million yevro ajratdi.
Mundo Deportivo nashrining xabar qilishicha, xayriya qilingan pullar Barselonadagi shifoxona va Messining vatani Argentinadagi tibbiyot markaziga bo‘lib beriladi.

Pullar koronavirusga qarshi kurashda kerak bo‘ladigan tibbiyot anjomlari va himoya vositalari sotib olishga sarflanadi.

25 mart holatiga Ispaniyada COVID-19 virusini yuqtirib olganlar soni 42 mingdan oshdi. 2900 nafardan oshiq odam vafot etgan. Argentinada esa 387 ta koronavirusga chalinish holati qayd qilingan, qurbonlar soni 6 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lionel Messi koronavirusga qarshi kurash uchun 1 mln yevro ajratdi