10:36 / 06.04.2021
1 845

Jorj Soros Baydenning rejalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 million dollar ajratadi

Jorj Soros Baydenning rejalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 million dollar ajratadi
Foto: Hoslet/POOL/AFP via Getty Images
Milliarder Jorj Sorosning «Ochiq jamiyat» fondlari AQSH prezidenti Jo Bayden taklif qilgan islohotlar va ijtimoiy dasturlarni qo‘llab-quvvatlaydigan faollar uchun 20 million dollar ajratadi. Bu haqda Axios nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tashkilot shu tarzda demokratik partiyaning boshqa donorlari ham ushbu tashabbusga qo‘shilishini va yakunda 100 million dollar to‘plashni ko‘zlamoqda.

Shu bilan birga, fondlar vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Baydenning siyosati aholining katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda, ammo baribir qo‘shimcha moliyalashtirilishga ehtiyoj sezmoqda.

Jorj Sorosni xalqaro va ayrim davlatlarning ichki siyosatiga aralashishda ayblab kelishadi. AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning advokati Rudolf Juliani Soros AQSHning Ukrainadagi to‘rtta elchisi tayinlanishiga ta’sir ko‘rsatganligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jorj Soros Baydenning rejalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 20 million dollar ajratadi