10:52 / 17.09.2021
1 425

Sobiq prezident AQSH kelajagi haqida xavotirli bayonot berdi

Sobiq prezident AQSH kelajagi haqida xavotirli bayonot berdi
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat taqdiri haqidagi pessimistik prognozini ma’lum qildi. Newsmax nashriga bergan intervyusida u 2024 yilga kelib, AQSH o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkinligini ta’kidlagan.

Tramp mamlakat obro‘si sakkiz oy ichida pastlab ketdi, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, u Baydenning g‘alabasi bilan yakunlangan saylovlar qalbakilashtirilganiga ishonadi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirgi ma’muriyat noto‘g‘ri siyosat olib bormoqda. So‘zlari isbotini Amerika qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish misolida ko‘rish mumkinligini aytib o‘tgan.

«Sizni ishontirib aytamanki, uch yildan keyin bizda mamlakat yo‘q bo‘ladi»,— deb ogohlantirgan siyosatchi.

Trampdan 2024 yilgi saylovda qatnashish niyatingiz bormi, degan savolga, kelajakdagi saylov ko‘pchilik uchun foyda keltirishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Baydenni qo‘shinlarni olib chiqish to‘g‘risidagi qaror e’lon qilingandan so‘ng Afg‘onistonda yuzaga kelgan vaziyatda ayblagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Sobiq prezident AQSH kelajagi haqida xavotirli bayonot berdi
[/banner_pushhouse