Ortiqcha vaznli 34 yoshli hindistonlik Suyog Savant besh oy ichida 26 kilogramm yo‘qotishga muvaffaq bo‘ldi. U qanday qilib bunday natijaga erishganini Times of India nashriga so‘zlab bergan.
Kadrlar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlaydigan Savantning aytishicha, u bir necha bor vazn yo‘qotishni xohlagan, lekin bunga jiddiy harakat qilmagan va shuning uchun hech narsaga erisha olmagan. U COVID-19 tarqalgandan keyingina ikkilanmaslikka qaror qildi.
Bu vaqtga kelib, uning vazni 108 kilogramm, bo‘yi 173 santimetr edi.
Ortiqcha vaznni yo‘qotish uchun u ovqatlanishni yaxshilashni va jismoniy faollikni oshirdi. Hind o‘z taktikasini tasvirlab berdi: u ovqat porsiyasi hajmini diqqat bilan kuzatishni, aniq belgilangan vaqtda ovqatlanishni va ovqatni yaxshilab chaynab, iste’mol qilishni boshladi.
Shu bilan birga, u uy mashqlarini boshladi. To‘rt oy o‘tgach, Savant mushak mashqlariga o‘tgan. Hindistonlik, vazn yo‘qotishda qat’iyat zarurligini ta’kidlab o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi