Altcoin mavsumi boshlanyaptimi? Tahlilchilar uchta muhim belgini aniqladi

Iqtisodiyot1 daqiqa o'qish157
Altcoin mavsumi boshlanyaptimi? Tahlilchilar uchta muhim belgini aniqladi

Kripto bozor tahlilchilari Binance platformasidagi altkoinlar savdo hajmining o‘sishi, Altseason indeksi ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi va TOTAL2 makroiqtisodiy tuzilmasining mustahkamlanishi 2026-yilda altkoinlar mavsumi boshlanishi mumkinligidan darak berayotganini ta’kidlamoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Tahlilchi Darkfostning qayd etishicha, AQSh va Isroil-Eron o‘rtasidagi geosiyosiy keskinliklar sababli altkoinlar sektori 50 foizdan ortiq qiymat yo‘qotgan edi. Biroq, hozirda Binance birjasida 200 kunlik o‘rtacha harakatlanuvchi qiymatdan (MA) yuqori savdo qilinayotgan altkoinlar ulushi 21 foizga yetdi. Bu investorlar qiziqishining asta-sekin qaytayotganini anglatadi.

Shunga qaramay, mutaxassislar hali xulosa chiqarishga erta ekanligini ogohlantirmoqda. 2024-yilning to‘rtinchi choragida bu ko‘rsatkich 60-80 foizni tashkil etgan, hozirgi holat esa hali o‘sha darajadan ancha past. Shuningdek, markazlashgan birjalardagi (CEX) faollikning oshishi kapitalning yirik kriptovalyutalardan kichikroq loyihalarga o‘tayotganini ko‘rsatmoqda.

90 kunlik AltSeason indeksi so‘nggi oylardagi eng yuqori ko‘rsatkich — 28,6 darajasiga yetdi. Ushbu indeks altkoinlarning Bitcoin’ga nisbatan qanchalik samaraliroq harakatlanayotganini kuzatib boradi. Tahlilchi CW8900 fikricha, indeksdagi tezkor o‘sish altkoinlar mavsumi “sokin” tarzda boshlanayotganidan dalolat beradi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?