date

Korxona va tashkilotlar soni 7,4 foizga oshdi

Kostyum kiygan ikki kishi stol ustida qo‘l berib ko‘rishmoqda.

2026 yilning 1 may holatiga ko‘ra, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 580,9 mingtani tashkil etmoqda, deb Uz24.uz xabar berdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40,2 mingtaga yoki 7,4 foizga ko‘paygani qayd etilgan.

Eng ko‘p korxona va tashkilotlar Toshkent shahrida ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning soni 110,8 mingtaga yetgan.

Shuningdek, Toshkent viloyatida 54,8 mingta, Samarqand viloyatida 53,7 mingta va Farg‘ona viloyatida 49,4 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda.

Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida kuzatilgan bo‘lib, hududda 16,5 mingta korxona va tashkilot ro‘yxatga olingan.

Boshqa hududlardagi ko‘rsatkichlar quyidagicha shakllangan: Qashqadaryo viloyati — 44 492 ta, Andijon viloyati — 35 605 ta, Buxoro viloyati — 35 223 ta.

Shuningdek, Namangan viloyatida 34 035 ta, Xorazm viloyatida 32 895 ta va Surxondaryo viloyatida 32 320 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 29 682 ta, Jizzax viloyatida 26 916 ta va Navoiy viloyatida 24 351 ta korxona va tashkilot ro‘yxatdan o‘tgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Korxona va tashkilotlar soni 7,4 foizga oshdi