date

Bitcoin volatilligi 8 oylik minimumga tushdi: Narx keskin koʻtariladimi

Bitcoin volatilligi 8 oylik minimumga tushdi: Narx keskin koʻtariladimi

Bitcoin (BTC) kutilayotgan volatilligi 36 foizga tushib, soʻnggi sakkiz oydagi eng past koʻrsatkichni qayd etdi. Bu professional treyderlar narxning keskin oʻzgarishi ehtimolini past baholayotganidan dalolat beradi. Volatillikning pasayishi oʻz-oʻzidan oʻsish yoki pasayish signali boʻlmasa-da, Bitcoin derivativlari maʼlumotlari "ayiqlar"ning haddan tashqari ishonchi buqalarning keskin oʻsishiga turtki boʻlishi mumkinligini koʻrsatmoqda. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.

Mart oyida Bitcoin 63,000 va 71,000 USD oraligʻida savdo qilinganida ham volatillik 50 foizdan yuqori boʻlgan edi. Biroq, treyderlar 60,000 USD atrofidagi qoʻllab-quvvatlash darajasiga koʻproq ishonch bildira boshlagach, xavfni idrok etish darajasi va volatillik pasaydi. Baʼzi tahlilchilarning fikricha, institutsional ishtirokchilarning koʻpayishi va derivativ mahsulotlarning kengayishi Bitcoin narxini birmuncha "jilovlagan".

UTXO Management investitsiya boʻyicha direktori Tyler Evansning taʼkidlashicha, raqamli kredit mahsulotlari Bitcoin volatilligiga qarshi oʻziga xos bufer yaratdi. Yirik investorlar, jumladan maynerlar va Bitcoin zaxiralarini toʻplayotgan kompaniyalar oʻz aktivlarini sotish oʻrniga, garovga qoʻyilgan kreditlardan foydalanishni afzal koʻrmoqda. Shunga qaramay, aktiv hali toʻliq yetilmagani sababli volatillik yana 42 foizdan yuqoriga qaytishi mumkin.

Tarixan, narxning yirik harakatlari uzoq davom etgan konsolidatsiya va past volatillik davridan keyin sodir boʻladi. CoinGlass maʼlumotlariga koʻra, 78,000 va 83,000 USD oraligʻida koʻplab short (sotish) pozitsiyalari toʻplangan. Agar narx ushbu darajaga yetsa, leverajli pozitsiyalarning likvidatsiyasi narxning yanada yuqori sakrashiga sabab boʻlishi mumkin.

Hozirda professional treyderlar Bitcoin narxi pasayishidan biroz xavfsiramoqda, chunki put (sotish) opsionlari call (sotib olish) vositalariga nisbatan 14 foizli premium bilan savdo qilinmoqda. Neytral bozorda bu koʻrsatkich -6% va +6% oraligʻida boʻlishi kerak edi, biroq soʻnggi toʻrt oy davomida bozor ishtirokchilari ehtiyotkorlikni saqlab qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Bitcoin volatilligi 8 oylik minimumga tushdi: Narx keskin koʻtariladimi