23:32 / 30.04.2022
1 126

DXX o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlarini aniqladi

DXX o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlarini aniqladi
Guliston davlat universitetiga o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Guliston davlat universiteti talabasi D.R. fuqaro D.B.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali 3 500 AQSH dollari evaziga ushbu universitetga o‘qishga kiritish qo‘yishni va’da qilib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Guliston tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.S. boshqa bir fuqaro S.E.ni Guliston davlat universitetdagi tanishlari orqali ushbu universitetning «Jismoniy tarbiya» fakultetining 2-bosqichidan o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlarini aniqladi