17:43 / 01.05.2022
1 873

Farg‘onada tuman MTB rahbarining o‘g‘li ikki nafar ayolni chopib tashlash bilan tahdid qildi

Farg‘onada tuman MTB rahbarining o‘g‘li ikki nafar ayolni chopib tashlash bilan tahdid qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirasining o‘g‘li bog‘chalardan birining sobiq mudirasi va uning singlisini chopib tashlamoqchi bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 28 aprel kuni Uchko‘prik tumani Miltiqchi qishlog‘ida joylashgan 11-maktabgacha ta’lim tashkilotiga yangi mudira tayinlangani sababli tanishtiruv jarayoni bo‘lib o‘tgan. Unda bog‘chaning sobiq mudirasi M.A., uning onasi M.Q. va singlisi Q.M. hamda tuman MTB rahbari G.X. o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Tortishuvda M.Q. (sobiq mudiraning onasi) G.X.ga tan jarohati yetkazgan.

Janjalga G.X.ning o‘g‘li A.X. aralashgan. U onasini yana bezovta qilishsa, mashinasi yukxonasida bo‘lgan chopqi (dastkalla) bilan chopib tashlashini bildirib, tahdid qilgan.

Holat shu kunning o‘zida tuman IIB tomonidan o‘rganilib, birlamchi hujjatlar rasmiylashtirilgan va tomonlarning jarohatlari yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.

O‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertiza xulosalarida fuqaro G.X. va A.X. yengil, M.Q. sog‘lig‘i buzilishiga olib kelgan yengil shikastlar olgani aniqlangan.

Holat yuzasidan fuqaro Q.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi (bezorilik) bilan, fuqaro A.X ga nisbatan 109-moddasi 2-qismi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada tuman MTB rahbarining o‘g‘li ikki nafar ayolni chopib tashlash bilan tahdid qildi