Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasi Hukumati va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududida va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining Rossiya Federatsiyasi hududi bo‘lish tartibi to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyada majburiy ro‘yxatga olinishi (registratsiya) ushbu mamlakatga kirgan kundan boshlab 15 kungacha uzaytirildi. Bunday tartib O‘zbekistonga kelgan Rossiya fuqarolariga nisbatan amal qiladi.
Ilgari O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kirgandan keyin 7 kun ichida, O‘zbekistonda rossiyaliklar esa 3 kun ichida migratsiya ro‘yxatidan o‘tishlari kerak edi.
Hujjat 1 may kuni huquqiy axborot portalida e’lon qilindi. O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi kelishuv 2021 yil 17 iyun kuni imzolangan.
Bundan avval Rossiya Federatsiya Kengashi bitimni ratifikatsiya qilgandi.
O‘zbekiston tomoni barcha ratifikatsiya jarayonlarini yakunlagan. Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Armaniston fuqarolariga migratsiya ro‘yxatidan o‘tish uchun 15 kunlik muddat belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas