18:31 / 06.05.2022
1 062

Prezident qilinishi lozim bo‘lgan muhim ishlarni sanadi

Prezident qilinishi lozim bo‘lgan muhim ishlarni sanadi
Bugun prezident elektrotexnika tarmog‘ida foydalanilmayotgan imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.

Unda Prezident qilinishi lozim navbatdagi ishlarni belgilab berdi. Eng avvalo, joriy yilda ishlab chiqarishni kamida 20 foizga oshirish vazifasi qo‘yildi.

«O‘zeltexsanoat» uyushmasi raisi yangi loyihalar bo‘yicha tinimsiz izlanishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi. Misol uchun, 2021 yilda o‘zimizda ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan 1,3 mlrd dollarlik elektrotexnika mahsulotlari import qilingan.

Joriy yilda 500 ming xonadon ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Bu, ularga suv isitish qozon va quyosh kollektorlari, suv hisoblagichlari kerak, degani.

Toshkent va Namanganda ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni boshlashga ko‘rsatma berildi. Umuman, joriy yilda 250 million dollarlik 86 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Lekin bu yetarli emaligi qayd etildi.

«Jizzaxda 1 ta, Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Surxondaryoda 2 tadan, Buxoro, Namangan va Xorazmda 3 tadan loyihani ishga tushirish bo‘yicha rejalar meni qoniqtirmaydi. Har bir viloyat hokimida kamida 100 million dollarlik yangi elektrotexnika loyihalari bo‘lishi shart», dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident qilinishi lozim bo‘lgan muhim ishlarni sanadi