Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyat faollar yig‘ilishida korrupsiya muammosiga to‘xtalib o‘tdi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, hatto jazo choralari kuchli bo‘lsa ham yer sotish kabi jinoyatlar uchrab turibdi.
— Bu davlatning har bir amaldori — men ham, vazirlar ham, boshqa amaldorlar ham xalq xizmatkori. Men bu gapni ko‘p takrorlayman. Ammo mansabdorlar orasida hali ham xalq orasiga kirmaganlar bor.
Yer sotishlar hali ham uchrayapti. O‘sha jinoyati uchun yigirma yilga qamalishini bilsa ham baribir qilyapti. O‘zi kichkina byurokrat amaldor, ammo kerak bo‘lsa hokimning imzosini soxtalashtirib, yer sotyapti.
Biz uyg‘onishimiz kerak. Uyg‘onmasak, ishlamasak farzandlarimiz bizni kechirmaydi. Nima uchun ta’lim haqida har safar gapiraman. Chunki najot shu, bundan boshqa najot yo‘q biz uchun, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi