Ijtimoiy tarmoqlarda “Beshariq MIBi va Moliyasi sud qarorini bajarmayotir” sarlavhali joylashtirilgan xabar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudining 08.10.2021 yildagi hal qiluv qaroriga muvofiq Beshariq tuman Moliya bo‘limidan O.Meliboyev foydasiga 62 mln. 83 ming so‘m undirish belgilangan bo‘lib, sudning ijro hujjati Byuroning Beshariq tumani bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Qarzdor Beshariq tumani Moliya bo‘limi ijro hujjati bilan tanishtirilib, sud qarori ijrosini ta’minlash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan.
Biroq, Beshariq tuman Moliya bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamkasining 12.09.2019 yildagi 765-sonli qarori asos qilinib, mazkur qaror sud hujjati ijrosiga aloqador bo‘lmasada O.Meliboyevga pul mablag‘larini undirilishini paysalga solib kelingan.
Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida»gi Qonunining 48-moddasi tartibida davlat ijrochisi tomonidan “undiruvni qarzdorning hisob raqamlaridagi pul mablag‘lariga qaratish to‘g‘risida” qaror qabul qilinib, ijrosini ta’minlashlik uchun Beshariq tumani Moliya bo‘limi va Beshariq tumani G‘aznachilik bo‘linmasiga 28.03.2022 yil kuni yuborilgan.
Mazkur qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 128,129-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.05.2014 yildagi 120-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 12,14-bandlariga muvofiq ijro hujjati bo‘yicha O.Meliboyevga undirilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larini bo‘limning depozit hisob raqamiga o‘tkazish majburiyati Beshariq tumani G‘aznachilik bo‘linmasiga yuklangan.
Beshariq tuman G‘azanchilik bo‘linmasi tomonidan qarzdor Beshariq tumani Moliya bo‘limining budjetdan ajratilgan mablag‘larning tegishli xarajat moddasiga hamda barcha budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari chiqish qismiga 29.03.2022 yilda vaqtincha band solingan.
Shuningdek, Budjet kodeksining 129-moddasi ko‘ra, budjet tashkilotlaridan ijro yig‘imi undirish ko‘zda tutilmaganligi sababli Beshariq tumani Moliya bo‘limiga nisbatan davlat ijrochisi tomonidan ijro yig‘imi qo‘llanmagan.
Hozirda, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 198-1-moddasi asosida qarzdor Beshariq tumani bo‘limining mansabdor shaxslarini ma’muriy javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi