Uchuvchi-kosmonavt Vladimir Jonibekovning 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev uni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotladi.
«O‘zbekiston 24» telekanali bergan xabariga ko‘ra, bu borada davlat rahbarining tegishli farmoni imzolangan.
O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov kosmonavtning Moskva viloyatidagi xonadonida mehmonda bo‘lib, unga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tabrik maktubini o‘qib eshittirib, «Do‘stlik» ordenini topshirdi.
«Hurmatli Shavkat Miromonovich, menga bo‘lgan e’tiboringizdan minnatdorman. Men o‘zimning eng samimiy salomlarimni O‘zbekistonga – tug‘ilib o‘sgan Vatanimga, do‘stu birodarlarimga, menga bilim, hayotiy tajribalarni bergan Vatanimga yo‘llamoqchiman. Olijanoblik va atrofdagilarga mehr-oqibatli bo‘lish bu o‘zbek halqiga xos qadriyat. Bu tarixiy merosni asrab-avaylash kerak. Zero, inson uchun o‘zi tug‘ilib o‘sgan, ulg‘aygan yurtdan ko‘ra qadrdonroq yurt bo‘lmasa kerak. Men O‘zbekistonimga farovonlik va omad tilayman», – deydi Jonibekov.
Ma’lumot uchun, «Do‘stlik» ordeni O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat vakillari o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro anglashuv va hamjihatlikni mustahkamlash, O‘zbekiston xalqining boshqa mamlakatlar xalqlari bilan do‘stligi va har tomonlama hamkorligini rivojlantirishdagi ulkan yutuqlari uchun topshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi