14:36 / 21.05.2022
1 617

Namanganda qarzdorlarga tazyiq o‘tkazib, tahdid va zo‘ravonlik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh ushlandi (foto)

Namanganda qarzdorlarga tazyiq o‘tkazib, tahdid va zo‘ravonlik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh ushlandi (foto)
Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Namanganda viloyat IIB va huquq-tartibot idoralari tomonidan qarzdorlarga tazyiq o‘tkazib, tahdid va zo‘ravonlik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Mazkur guruh 2021 yil iyun—dekabr oylarida Namangan shahrining Davlatobod tumanida yashovchi 4 nafar ayolga turli miqdorda qarzga pul berib, ushbu berilgan pulga qo‘shimcha ravishda kunlik 300 ming so‘m yoki haftalik 800 ming so‘mdan pul qaytarishni talab qilgan.

Pullarni bermagan taqdirda ularga nisbatan jismoniy kuch ishlatish yoki o‘ldirish bilan qo‘rqitib, mulklarini talon-toroj qilib kelgan.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
«Guruh a’zolari 2021 yil 19 noyabr kuni ulardan pul so‘rab kelgan ayolga qarz evaziga pul berib, har bir o‘tgan kun uchun 450 ming so‘mdan qo‘shimcha pul to‘lashini aytib, shu kungacha jami 22 million so‘m miqdoridagi pullarini olgan. Shunday bo‘lsa ham, qarzi uzilmaganligini bildirib, pullarini bermagan kunlarda jinsiy aloqa qilishga majburlashgan. Hatto qarzdor ayolning otasini ham qizini o‘ldirib yuborish bilan qo‘rqitib, 1,8 mln so‘m pulini tovlamachilik yo‘li bilan olganliklari aniqlangan», — deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shokirjon Hoshimov.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Mazkur guruh nafaqat ayollar, balki erkaklarga ham qarzga pul berib kelgan va qaytarilmagan kunlar uchun katta miqdorda foiz talab qilgan. Tergovga jalb qilingan fuqarolardan biri guruhning shafqatsiz harakatlaridan jabrlangan.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Hozirda jinoiy guruh rahbari va uning a’zolariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida ular 4 nafar fuqarodan 255 ming 500 AQSH dollari va 22 million so‘m miqdoridagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan. Mazkur jinoyat ishlari bo‘yicha tergov va tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
«Namanganda oldinroq xuddi shu kabi jinoyatlarni sodir etib, fuqarolarga pul yoki uyali telefonlarni qarz evaziga bergan guruh qo‘lga olingandi. Ular qaytarilmagan har bir kun uchun katta miqdorda pul talab qilib, qarzdorlarga turli ko‘rinishda tahdid qilib, tan jarohati yetkazishgan yoki o‘lim bilan qo‘rqitib kelishgan.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati
Gumonlanuvchilar 14 nafar fuqaroga 13 000 AQSH dollari va 151 million so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazganliklari aniqlanib, ushbu zararlarni qoplashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Guruh a’zolariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan», — deydi Shokirjon Hoshimov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda qarzdorlarga tazyiq o‘tkazib, tahdid va zo‘ravonlik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh ushlandi (foto)