Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining 04.07.2014 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor X.M.dan undiruvchi Ch.Q.ning foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining moddiy ta’minoti uchun to u 18 yoshga to‘lguniga qadar qarzdorning xar oylik ish haqi va boshqa daromadlarining 1/4 qism miqdorda aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Nishon tumani bo‘limi ish yurituviga 03.05.2019 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib taraflarga ma’lum qilingan.
Ijro xarakatlari davomida, qarzdorning O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan hamda nomidagi mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlardan so‘rovnomalar olinib, aniqlangan mol-mulklariga nisbatan ta’qiqlar qo‘yilgan.
Shuningdek, qarzdor aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelganligi sababli, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 42-moddasiga asosan 25.03.2020 yilda qidiruv e’lon qilingan hamda qaror ijrosini ta’minlash maqsadida
Byuroning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basiga yuborilgan.
Byuroning viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida qarzdor X.M. Qarshi shaxar hududidan topilib, keyingi ijro harakatlari olib borish uchun davlat ijrochisiga topshirilgan.
Qarzdorning shu kunga qadar alimentdan bo‘lgan qarzdorligi 37.342.287 so‘mni tashkil etgan va ushbu mablag‘lar o‘z vaqtida to‘lab bermaganligi uchun unga nisbatan to‘plangan hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 474-moddasiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tuman sudiga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborildi hamda sudning qaroriga asosan qarzdorga nisbatan 15 (o‘n besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi