Kadr: Telegram
27 may kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt avtomobili yo‘lni kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyodani urib yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi. «Milliy» telekanalining «Millar» dasturida jabrlanuvchining ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, u do‘sti bilan shu kuni basseynga ketayotgan bo‘lgan. «Yo‘ldan o‘tayotganimni bilaman, qolganini eslay olmayman. Hozir ahvolim yaxshi, hech qayerim sinmagan, boshim lat yegan», — deydi u.
Shifokorlarning aytishicha, bemor qo‘shma travma o‘tkir qon-tomir jarrohlik bo‘limiga yotqizilib, kerakli muolajalardan o‘tkazilgan, hozirda uning ahvoli o‘rtacha og‘ir.
Holat Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan nazoratga olingan. Urgut tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan sodir bo‘lgan avariya yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi