18:52 / 04.06.2022
1 494

Bayraktar dronlari muallifi Selchuk Bayraktar oilasi bilan O‘zbekistonga keldi

Bayraktar dronlari muallifi Selchuk Bayraktar oilasi bilan O‘zbekistonga keldi
Foto: Yoshlar ishlari agentligi
Uchuvchisiz uchuvchi jangovar apparatlar ishlab chiqaruvchisi, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning kuyovi Selchuk Bayraktar rafiqasi Sumayya Erdo‘g‘an va farzandi bilan Buxoroda bo‘lib turibdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda oilaning Yoshlar agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev bilan tushgan surati tarqaldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ma’lum bo‘lishicha, turistik tashrif bilan Buxoroga kelgan Selchuk Bayraktar, 3-4 iyun kunlari Buxoro shahrida o‘tayotgan Turkiy davlatlar tashkilotining IV Yosh liderlar forumida qatnashgan.

Mudofaa sanoati tadbirkori forum doirasida yoshlarga tadbirkorlik va media yo‘nalishida mahorat darslari o‘tgan.

Foto: Yoshlar ishlari agentligi
U bugun, 4 iyun kuni Minorai Kalonda o‘tadigan o‘zbekistonlik lider yoshlar bilan uchrashuvda qatnashishi, tadbirkorlik ko‘nikmalari mavzusida nutq so‘zlashi kutilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonga safari davomida Samarqand va Toshkentga ham borishi reja qilingan.

Ma’lumot uchun, Selchuk Bayraktar 2016 yil may oyida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning kenja qizi Sumayya Erdo‘g‘anga uylangan.

Uning dronlari Turkiya xavfsizlik kuchlari tomonidan terrorizmga qarshi operatsiyalarda, Suriya fuqarolar urushida, Ikkinchi Liviya fuqarolar urushida, Ikkinchi Tog‘li Qorabog‘ hamda Ukrainadagi mojarolarda ishlatilib, katta nom qozondi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bayraktar dronlari muallifi Selchuk Bayraktar oilasi bilan O‘zbekistonga keldi