
Toshkent viloyatidagi «Mikrokreditbank» G‘azalkent filiali boshqaruvchisi turmush o‘rtog‘i bilan birga 302 million so‘m imtiyozli kreditni o‘zlashtirgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqda gapirgani «O‘zbekiston 24» telekanali efirida uzatilgan «Menimcha» loyihasida ko‘rsatildi.
Prezidentning aytishicha, aholi hayot tarzini yaxshilashi lozim bo‘lgan va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan imtiyozli kreditlar mutasaddilar tomonidan talon toloj qilinishi holatlari uchramoqda.
«O‘rganishlar ajratilayotgan imtiyozli kreditlar evaziga sotib olinishi lozim bo‘lgan chorva mollar, qo‘y, tovuq, tikuvchilik dastgohlari ta’minotchi korxonalar tomonidan aholiga oshirilgan narxlarda sotilayotganini ko‘rsatmoqda.
Toshkent viloyatidagi «Mikrokreditbank» G‘azalkent filiali boshqaruvchisi turmush o‘rtog‘i rahbarligidagi korxonani ta’minotchi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib 302 million so‘m kreditni o‘zlashtiryapti. Nima bu noinsofga nisbatan qonun ustuvorligini ta’minlashga Toshkent viloyati hokimining vakolati yetmaydimi?», degan prezident. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar