1 277
O‘zbekiston hududiga dron olib kirgan rossiyalik turist jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
Foto: Instagram / @Siberian.in.china
O‘zbekiston hududiga dron olib kirgan Polina Yermakova ismli Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda turistning o‘zi Instagram’dagi sahifasi orqali xabar berdi.
«Gazeta.uz»ning Yermakovaga tayanib yozishicha, u Qirg‘iziston bo‘ylab safaridan so‘ng O‘zbekistonga kelishga qaror qilgan va 15 may kuni ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tgan.
«Chegarani kesib o‘tayotganimda pasportimni berdim va kirish uchun shtamp qo‘yishdi. Shundan keyin siz metall aniqlagichdan o‘tasiz va u yerda sumkangizdagi barcha narsa ko‘rsatib turiladi. Chegarachilar droningiz bormi, deb so‘rashdi. Men ha, dron, o‘tsam bo‘ladimi, dedim. Ular esa o‘tishim mumkinligini aytdi», — deydi u.
Polina Yermakova O‘zbekistonga kelishdan oldin dron olib kirish qoidalarini ko‘rib chiqishi kerak bo‘lganini tan olgan, biroq u «chegarachilarning xatti-harakatidan juda taajjubga tushgan».
«Chegarachilar dronni ko‘rdi. U yashirilmagan edi, sumkada yotgandi. Va men tushunmagan narsa, muammolar nega O‘zbekiston chegarasida emas, balki Toshkentda boshlandi. 17 may kuni Toshkentdan Buxoroga poyezdda bormoqchi edim. Kechki poyezd edi, soat 21:30 larda vokzalga keldim. Meni Transport politsiyasi to‘xtatdi. Men bu yerda ham metall aniqlagichdan o‘tdim. Shundan so‘ng meni IIB bo‘limiga olib kelishdi va barchasi boshlandi», — deya tushuntiradi ayol.
Turistning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-4 moddasi (uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, bu bo‘yicha 3 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish mumkin.
Rossiya fuqarosiga ko‘ra, uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatini musodara qilish dalolatnomasini rasmiylashtirishga doir hujjatlarning nusxasini olmagan.
«Afsuski, menga hech narsa berishmadi. Men bilan formali bir odam o‘tirdi... U pasportimni qayta suratga olib, uni qo‘lida yaxshilab tekshirdi. 2014 yilda Misrga borganimda urilgan shtampni topdi. Shuningdek, Isroilga bormagan bo‘lsam ham, ushbu davlatning shtampini aniqladi. U terrorchi, narkoman ekanimni va uzoq vaqt o‘tirishimni aytdi», — deydi u.
Polina Yermakova ushbu ichki ishlar xodimining ism-familiyasini bilishga uringan, biroq dastlabki tergov vaqtida unga «o‘zimiznikini sotmaymiz» deyishgan. Rossiyalikning aytishicha, u o‘z mamlakatining Toshkentdagi elchixonasidan yordam olmagan.
«Ngs24.ru» nashrining yozishicha, Rossiyaning Toshkentdagi elchisi sodir bo‘lgan voqeadan xabardor. «Ha, vaziyatdan xabardormiz, elchixona u bilan aloqada bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligiga ishni tezroq hal etish va chegarachilarning bu kabi nomuvofiq harakatlarini tushuntirishlari bo‘yicha nota yuborganmiz. U qonunni buzganini hech kim rad etmayapti», — deyiladi elchixona xabarida.
Elchixona matbuot kotibiga ko‘ra, mamlakat vakolatxonasi bu kabi masalalarda advokat sifatida chiqish qila olmaydi, shu sababli Polina Yermakovaga himoyachilar ro‘yxatini saytdan ko‘rishni tavsiya qilishgan.
Ta’kidlanishicha, Polina Yermakova 59 ta, jumladan, AQSH, Janubiy Amerika, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlarda bo‘lgan va dronga bog‘liq hech qanday muammoga duch kelmagan.
O‘zbekistonda 2015 yil 1 yanvardan uchuvchisiz uchadigan qurilmalarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanishga nisbatan to‘liq taqiq joriy etilgan. Faqat ruxsatnomasi bor alohida yuridik shaxslargina dronlardan foydalanishi mumkin.
2018 yil may oyida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar, xususan, dronlarni olib kirishga vaqtincha ruxsat berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi