Foto: Instagram / @Siberian.in.china
O‘zbekiston hududiga dron olib kirgan Polina Yermakova ismli Rossiya fuqarosi qo‘lga olindi. U jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi. Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Danilovning ma’lum qilishicha, sud Yermakovani oqlagan va u vataniga uchib ketgan.
«Sud qaroriga ko‘ra, Polina Yermakova oqlandi, biroq uning yonidan topilgan dron musodara qilingan, rossiyalikning o‘zi esa uyiga uchib ketdi», — deydi Danilov. Uning aytishicha, O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tganidan bir necha kun o‘tgach hibsga olingan Yermakova sudga qadar ozodlikda bo‘lgan.
Yermakovaga ko‘ra, u Qirg‘iziston bo‘ylab safaridan so‘ng O‘zbekistonga kelishga qaror qilgan va 15 may kuni ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tgan. Polina Yermakova O‘zbekistonga kelishdan oldin dron olib kirish qoidalarini ko‘rib chiqishi kerak bo‘lganini tan olgan, biroq u «chegarachilarning xatti-harakatidan juda taajjubga tushgan».
«Chegarachilar dronni ko‘rdi. U yashirilmagan edi, sumkada yotgandi. Va men tushunmagan narsa, muammolar nega O‘zbekiston chegarasida emas, balki Toshkentda boshlandi. 17 may kuni Toshkentdan Buxoroga poyezdda bormoqchi edim. Kechki poyezd edi, soat 21:30 larda vokzalga keldim. Meni Transport politsiyasi to‘xtatdi. Men bu yerda ham metall aniqlagichdan o‘tdim. Shundan so‘ng meni IIB bo‘limiga olib kelishdi va barchasi boshlandi», — deya tushuntirgandi ayol.
Ta’kidlanishicha, Polina Yermakova 59 ta, jumladan, AQSH, Janubiy Amerika, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlarda bo‘lgan va dronga bog‘liq hech qanday muammoga duch kelmagan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2015 yil 1 yanvardan uchuvchisiz uchadigan qurilmalarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanishga nisbatan to‘liq taqiq joriy etilgan. Faqat ruxsatnomasi bor alohida yuridik shaxslargina dronlardan foydalanishi mumkin.
2018 yil may oyida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlar tomonidan uchuvchisiz uchadigan qurilmalar, xususan, dronlarni olib kirishga vaqtincha ruxsat berilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar