Yig‘ilishda oy yakuni bilan 25 mingta yer uchastkalarini servis va savdo ob’ektlari uchun auksionga chiqarish shartligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Masalan, Oltiariq tumani so‘nggi ikki oyda 1,6 mingta yer uchastkasini auksionga chiqargan. Buning uchun tuman ishchi guruhi tadbirkorlar bilan uchrashib, ular uchun maqbul bo‘sh yer uchastkalarini ajratib olgan, xususiy loyiha tashkilotlarini jalb qilib, topografik xaritalarni ishlab chiqqan, auksionga chiqarish uchun 15 ta idora bilan 7-10 kunda kelishilgan.
Prezident bu tajribani barcha tuman va shaharlarda joriy qilish kerakligini ta’kidladi.
Endilikda:
- yerlarni auksionga chiqarish jarayonlari ijarada – 48 kundan 15 kunga, mulk huquqida – 74 kundan 20 kunga qisqartiriladi;
- yer maydonlarini baholash ekspertizadan o‘tkazilmaydi, haqiqiy bahosi auksionda aniqlanadi;
- 2023 yil 1 yanvardan boshlab yerlarni auksionga chiqarishda kadastr idoralarida bor ma’lumotlarni boshqa idoralar bilan kelishish tartibi bekor qilinadi.
Bunda javobgarlik kadastrga ma’lumot taqdim etmagan idora rahbariga yuklanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi