date
views 1 718

Urganchda 8 nafar shaxs Cobalt haydovchisini pichoqladi

Urganchda 8 nafar shaxs Cobalt haydovchisini pichoqladi
Skrinshot: Telegram
Ijtimoiy tarmoqlarda Urganchda 8 nafar shaxs Cobalt haydovchisini pichoqlab ketgani va jabrlanuvchi voqea joyida vafot etgani haqida videoyozuv tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, videoyozuvda aks etilgan holat bo‘yicha 2 iyun kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi doirasida bir nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qolgan 7 nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan ayb e’lon qilinib, bir nafariga «qamoqqa olish» va 6 nafariga «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» ehtiyot choralari qo‘llanilgan. Tergov davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urganchda 8 nafar shaxs Cobalt haydovchisini pichoqladi