O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Nur-Sulton shahrida Xitoy Davlat kengashi a’zosi, tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarining holati hamda uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan.
Vazirlar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalda tatbiq etishning borishi, ikki davlat rahbarlari tomonidan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini muhokama qildilar.
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi loyihasini amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarish, jumladan, uning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi”, - deyilgan xabarda.
Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi konstruktiv muloqotni chuqurlashtirish, Tashkilotning joriy yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Sammitiga tayyorgarlikning borishi, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
Vazirlar mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistonda barqaror tinchlikka erishish va ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik mexanizmlariga alohida e’tibor qaratdilar. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar