Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudida Spark haydovchisini bo‘g‘ib o‘ldirgan erkaklarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda viloyat sudi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, xavfli retsidivist hisoblangan M.X. tanishi A.S. bilan avvaldan kelishilgan rejaga asosan Andijon shahar, «Forobiy» mahallasi, O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan Qo‘shariq kanali ko‘prigi oldida aholiga pullik xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelgan Spark haydovchisi Ya.N.dan 2-kichik daha hududida joylashgan «Do‘mboq jo‘jalar» kafesiga olib borib qo‘yishni so‘raydi.
Belgilangan manzilga yaqinlashganida haydovchiga ko‘p qavatli uylar ortidagi berk ko‘cha orqali kirib o‘tishni aytadi. Ko‘chaga kirayotganda M.X. haydovchini chalg‘itib, A.S. oyoq kiyimining bog‘ichi bilan haydovchini bo‘yinidan bo‘g‘adi. Shundan so‘ng M.X. jabrlanuvchining qarshiligini so‘ndirish uchun uning uning yuz va bosh qismlariga musht bilan uradi.
Shuningdek, A.S. qo‘lidagi ipning bir uchidan tortib, haydovchini hushsiz holatga keltiradi. Sudlanuvchilar haydovchini o‘lgan deb o‘ylab, avtomashinaning old o‘rindig‘iga yotiq holda joylashtirishib, avtomashinada bo‘lgan 1 dona telefon apparati hamda 80 ming so‘m pulni oladi. Jasaddan qutulish maqsadida uni Katta Farg‘ona magistral kanaliga olib borib, tashlab yuboradi. Egasiz qolgan Spark’ni esa I.A.ga 1200 dollarga sotib yuborgan.
Jinoyatga qo‘l urganlar Samarqand shahrida yurgan vaqtida ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlanib, Andijon shahar IIBga olib kelingan.
Ishni ko‘rib chiqqan sudya Rahmatjon Rahimov xavfli retsidivist hisoblangan M.X.ni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining «i», «p» (tamagirlik niyatida bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish) va 267-moddasi 3-qismining «v» bandi (transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan jinoyat) bilan aybli deb topib, unga 18 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlangan.
Biroq yuqoridagi kodeksning 60, 61-moddasi tartibida mazkur hukm bilan tayinlangan jazoga avvalgi hukm bilan tayinlanib o‘talmay qolgan 1 yil 6 oy 2 kun axloq tuzatish ishlari jazosi qisman qo‘shilib, uzil-kesil o‘tashlik uchun 18 yil 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari sudlanuvchi A.S. ham Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining «i», «p» (tamagirlik niyatida bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha guruh manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish) va 267-moddasi 3-qismining «v» bandi (transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida bosqinchilik yo‘li bilan sodir etilgan jinoyat) bilan aybli deb topilib, unga 17 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Shuningdek, sudlanuvchilardan jabrlanuvchining qonuniy vakili M.Q. foydasiga 54 million so‘mdan ortiq zarar solidar tartibda undirilishi belgilangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi