15:33 / 07.07.2022
1 533

Guliston shahridagi savdo do‘koni auksionda sotildi

Guliston shahridagi savdo do‘koni auksionda sotildi
Majburoiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan qarzdor "Maftuna Go‘zallik siri" MCHJdan undiruvchi ATB "Mikrokreditbank" Sirdaryo viloyat filiali foydasiga jami 93.3 mln. so‘m kredit qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Undiruv kredit ta’minoti sifatida qo‘shimcha javobgar “Sevinch Baxodir Farm” X/Kga tegishli bo‘lgan Guliston shahar, Taraqqiyot MFY hududida joylashgan “Savdo do‘koni” binosiga qaratish belgilangan.

Ijro harakatlari davomida “Savdo do‘koni” binosi tegishli tartibda xatlanib, “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasiga savdoga chiqarildi, ushbu “Savdo do‘kon” binosi 157,3 mln so‘mga sotildi hamda sotuvdan tushgan pul mablag‘lari korxonaning bank kredit qarzdorliklari uchun o‘tkazib berilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Guliston shahridagi savdo do‘koni auksionda sotildi