
Foto: Xalq ta’limi vazirligi
2022 yilgi 33-Xalqaro biologiya olimpiadasi 10-18 iyul kunlari Armaniston davlatida o‘tkazildi. Bunda dunyoning 64 davlatidan 256 nafar o‘quvchi qatnashishi kutilmoqda.
Terma jamoamiz tarkibi:
- Aziza Abduvaliyeva - Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi o‘quvchisi;
- Azizbek Muxtorov - Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyi o‘quvchisi;
- Bexruz Tursunov - Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 142-IDUM o‘quvchisi;
- G‘olibjon Sharifov - Buxoro viloyati Kogon tumani 3-maktab 9-sinf o‘quvchisi.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz terma jamoasi vakillari ushbu olimpiadada 1997 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda hamda hozirgi kunga qadar 3 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar