18:00 / 19.07.2022
1 367

Qidiruvda bo‘lgan qarzdor ota topildi

Qidiruvda bo‘lgan qarzdor ota topildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudining 02.05.2019 yildagi qarzdor Q.N.dan undiruvchi Ye.S.ning foydasiga voyaga yetmagan ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun 1/3 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Guliston shahar bo‘limi ish yurituviga 02.05.2019 yilda kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Qarzdorning mulkiy axvolini o‘rganish maqsadida, tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan va olingan ma’lumotlarga ko‘ra, qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklar aniqlanmagan.

Qarzdor aliment pulini to‘lashdan bo‘yin tovlab kelayotganligi sababli, Guliston shahar, “Sayqal” MFY, Nurafshon ko‘chasi, 3-uydagi yashash xonadoni mahalla vakillari va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, qarzdorga tegishli bo‘lgan mol-mulklari yo‘qligi va yashamayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Shu sababli, qarzdorga nisbatan 31.07.2021 yilda qidiruv e’lon qilingan. Olib borilgan qidiruv ishlari davomida, qarzdor Q.N. Guliston shahridan topilib, davlat ijrochisiga topshirildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qidiruvda bo‘lgan qarzdor ota topildi