date
views 1 695

Qoraqalpog‘iston deputatlari Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi

Qoraqalpog‘iston deputatlari Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi
20 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining XXXI sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2 iyuldan joriy etilgan favqulodda holatni yumshatish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaatini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda «Yangi O‘zbekiston» nashri xabar berdi.

Sessiyada deputatlar, mahalla faollari, tuman hokimlari so‘zga chiqib, bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsiz voqealarga o‘z munosabatini bildirdi va Qoraqalpog‘iston xalqining bugungi kayfiyati xususida fikr bildirdi.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida hayot o‘z maromida davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘iston deputatlari Shavkat Mirziyoyevga murojaat yo‘lladi