Foto: Samarqand viloyati ichi ishlar boshqarmasi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida bir guruh shaxslar sodir etishi mumkin bo‘lgan katta janjalning oldi olindi. Bu haqda viloyat ichi ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabar qilinishicha, «Zangiboyi» mahallasi hududidagi oshxonalarning birida ikki kishi ovqatlanib o‘tirgan. Past Darg‘om tumani «Baxshiboyi» mahallasida yashovchi, ularga oldindan tanish bo‘lgan Sindor, Asad, Ramziddin, Kamron, Ma’ruf hamda Ali ismli shaxslar mast holatda hech bir sababsiz baqir-chaqir qilib, ularni yoniga chaqirgan va salomlashmaganini vaj qilib, janjal ko‘targan.
Foto: Samarqand viloyati ichi ishlar boshqarmasi
Viloyat IIB JQB Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, hodisa joyiga IIBning tezkor xodimlari hamda Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi xodimlari yetib borib, barcha shaxslar ushlanib, janjalning oldi olingan.
Foto: Samarqand viloyati ichi ishlar boshqarmasi
Aniqlanishicha, tumandagi «Zangiboyi» va «Baxshiboyi» mahallalarida yashovchi ushbu shaxslar o‘rtasida oldindan kelishmovchilik bo‘lgan. Holat yuzasidan ushbu janjalga yetakchilik qilgan 6 nafar shaxsga nisbatan Samarqand viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...