Qalbning salomatligi mahzunlik va g‘amu-anduhlardadir. Uning davosi esa Alloh taoloning zikrida bardavom bo‘lishdadir.
Uning buzuqligi dunyoning xursandchiligi va nafs holatlarining sururidan iboratdir. Uning dardi esa Alloh azza va jallaning zikridan yuz o‘girish va Alloh taoloning zikridan chalg‘itadigan narsalarga yuzlanishdan kelib chiqadi.
Nafs uchun xursandchilik – baliq uchun suv kabidir, baliqning hayoti suv bilan, u quruqlikda yashay olmaydi. Agar nafs dunyoning xursandchiliklaridan to‘silsa, u charchaydi, quvvati tugaydi va so‘ladi, sarkashliklari siquvda qoladi. Nafs maishatining o‘rnini mahzunlik egallaydi, natijada qalb nafsdan keladigan narsalaridan va uning kirlaridan xalos bo‘ladi.
Qachon qalb Alloh taologa yetishsa, U Zot unga hayot baxsh etadi. Agar U Zot qalbni tiriltirsa, nafs qalbning hayoti ila, Alloh taoloning nuri ila tiriltiradi. Qalb nafsning shahvatlari va xursandchiliklari bilan o‘lib bo‘lgan edi. Qachonki nafsning egasi unga riyozat chektirsa, uni xursandchilikdan to‘ssa, Robbi bu bandani taqdirlaydi, chunki u Alloh Taolo yo‘lida nafsiga qarshi jihod qildi. Shuning uchun Alloh uni o‘z yo‘liga hidoyat qiladi.
“Biz uchun jiddu-jahd qilganlarni albatta O‘z yo‘llarimizga hidoyatga elturmiz” (Ankabut surasi 60 - oyat).
Unga eshik ochilsa, Alloh azza va jalla sari qalbi ila sayr qiladi. O‘shanda unga yo‘lning nafaqasi o‘laroq turli atolar kelur. U Zotning visoliga yetishganda, U Zot O‘z nuri ila uni qurbatta yashatur. Shunda u muqarrablardan biriga aylanur. Xursandchiligi dunyo bilan, nafs va uning holatlari bilan bo‘lib yurganidan so‘ng, endi hursandchiligi Alloh bilan bo‘lishga erishadi. Shunday qilib Alloh azza va jallaning huzurida obro‘ga erishadi.
Hakim at-Termiziy
Manba: Azon.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi