O‘zbekiston Oliy sudi raisi Kozim Komilov ishdan ketdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, prezident maslahatchisi Baxtiyor Islomov Oliy sudning yangi raisi bo‘ladi.
Bugun soat 15:00 ga belgilangan Senat kengashi yig‘ilishida Baxtiyor Islomov nomzodini Oliy sud raisi lavozimiga saylash masalasi ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Kozim Komilov ikki oy avval Oliy sud raisi lavozimiga qayta saylangandi. Muqaddam Oliy xo‘jalik sudi raisi bo‘lgan Komilov 2017 yildan Oliy sud raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Baxtiyor Islomov muqaddam Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida sudyalik qilgan, 2020 yil noyabrigacha jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi bo‘lgan.
Baxtiyor Islomov
U 2020 yil noyabrida prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Tursinxan Xudaybergenovning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
2021 yil noyabrida esa Rustam Inoyatov o‘rniga prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ish boshlagandi.
Ma’lumot uchun, Oliy sud raisi, uning birinchi o‘rinbosari va uch nafar o‘rinbosari - sud hay’atlari raislari va sudyalaridan iborat. Oliy sud raisi va a’zolarini prezident taqdimnomasiga binoan saylash Senat vakolatiga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi