O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti 22 avgust kuni bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
O‘tgan yili prezidentning mutlaqo yangi formatdagi uchrashuvi - tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishi yo‘lga qo‘yilgan edi. Birinchi shunday uchrashuv o‘tgan kun - 20 avgust esa mamlakatda Tadbirkorlar kuni deb belgilandi.
“Joriy yilda ham davlatimiz rahbari tadbirkorlar bilan uchrashib, sohadagi muammo va vazifalarni tahlil qiladilar, biznes vakillarining taklif va tashabbuslari bilan tanishib, yangi yechimlarni ko‘rsatadilar, tadbirkorlik rivojiga xizmat qiladigan qarorlarni qabul qiladilar”, - dedi Asadov.
Ta’kidlanishicha, bo‘lajak uchrashuvga tadbirkorlardan respublika shtabiga qariyb 8,5 mingta murojaat kelib tushgan, ularning 72 foizi hal etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi