20:06 / 16.08.2022
1 128

Sud qarori asosida fuqarolarning ish haqlari undirilmoqda

Sud qarori asosida fuqarolarning ish haqlari undirilmoqda
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan ish haqini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlarini ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash, ayniqsa fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining 04.08.2022 yildagi “Elektrokimyozavod” qo‘shma korxonasi aksiyadorlik jamiyatidan 53 nafar ishchi-xodimlarning foydasiga jami 237 mln. 101 ming so‘mlik ish haqlarini undirish haqidagi ijro hujjatlari byuroning Navoiy viloyat boshqarmasi alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shu’basi ish yurituviga kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, “Elektrokimyozavod” QK AJga tegishli 154A korpusi xatlangan va elektron onlayn-auksion orqali sotuvga chiqarilgan. Sotilgan mulk hisobidan ishchi-xodimlarning ish haqlari to‘liq undirilib, 10.08.2022 yilda ijro ishlari tamomlangan.

Hozirda bunday amaliy tadbirlar davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sud qarori asosida fuqarolarning ish haqlari undirilmoqda