23:00 / 19.08.2022
1 260

Saida Mirziyoyeva ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Saida Mirziyoyeva ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Ayollarning iqtisodiy mustaqil bo‘lishi oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashishga yordam beradi, shaxsiy rivojlanish hamda o‘zi va farzandlarining kelajagiga ishonch bilan qarash imkonini beradi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva SHHT ayollar forumida ta’kidlab o‘tdi.

Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkiloti xotin-qizlar forumi bo‘lib o‘tdi. Respublika gender komissiyasi a’zosi Saida Mirziyoyeva mazkur forumning ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar huquq va manfaatlarini himoya qilishdagi faolligini qayd etdi.

SHHT doirasida ayollar hamjamiyati shakllanib ulgurgan va unda nafaqat rejalar, yangi imkoniyatlar muhokama qilinadi, balki kelishuvlar doirasida erishilgan natijalar haqida ham ma’lumot almashiladi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Mintaqamiz ayollari uchun iqtisodiy mustaqillik farovon hayot eshiklarini ochibgina qolmay, oilaviy va maishiy zo‘ravonlikka qarshi kurashishga yordam beradi, kasbiy o‘sish va mustaqil rivojlanish, o‘zi va farzandlarining kelajagiga ishonch bilan qarash imkoniyatini beradi.

Bugun men ayollar tadbirkorligi tilida, ayollar uchun imkoniyatlar tilida gaplashmoqchiman hamda ayollarning muammolariga yechim topilayotganini ko‘rishni istardim. Va bunda biz shaxsiy erkinlik va moliyaviy mustaqillik yo‘lini tanlagan minglab ayollar bilan hamfikrmiz
”, – deya yozdi Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saida Mirziyoyeva ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi