13:20 / 21.08.2022
1 243

O‘zbekistonga AQSH Kongressi delegatsiyasi keldi

O‘zbekistonga AQSH Kongressi delegatsiyasi keldi
20 avgust kuni AQSH Kongressi delegatsiyasi O‘zbekiston-Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini, jumladan, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish uchun O‘zbekistonga keldi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.

O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, delegatsiya tarkibida AQSH Kongressidagi «O‘zbekiston bo‘yicha kokus» hamraisi, Missisipi shtatidan respublikachi kongressmen Trent Kelli va vakillar Palatasi a’zosi, Illinoys shtatidan respublikachi kongressmen Derin Lahud va boshqa xodimlar bor.

Amerikalik mehmonlar O‘zbekistonga tashrifi davomida Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi rahbariyati, shuningdek, respublika vazirlik va idoralarida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Shuningdek, delegatsiya mamlakatimizning tarixiy va madaniy merosi bilan ham tanishadi.

Qayd qilish joizki, ushbu tashrif AQSH Kongressi a’zolarining 2017 yildan buyon O‘zbekistonga yettinchi safari bo‘ladi. O‘tgan yili Qo‘shma Shtatlarning har ikkala partiyasi (respublikachilar va demokratlar) delegatsiyasi ikki marta O‘zbekistonga kelgan, ulardan biriga Nyu-Yorklik demokrat kongressmen, Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Gregori Miks boshchilik qilgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga AQSH Kongressi delegatsiyasi keldi