08:50 / 23.08.2022
1 016

Toshkentdagi maktablarda videokameralar o‘rnatish uchun ota-onalardan majburiy pul yig‘ilayotgani rad etildi

Toshkentdagi maktablarda videokameralar o‘rnatish uchun ota-onalardan majburiy pul yig‘ilayotgani rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida videokameralar o‘rnatish uchun ota-onalardan majburiy pul yig‘imlari amalga oshirilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, prezidentning tegishli farmoniga muvofiq o‘quvchilar davomatini masofadan monitoring qilish, o‘quvchilarning kelish va ketish vaqtlari nazorati bilan bog‘liq bo‘lgan o‘quv jarayonini avtomatlashtirish tizimlarini joriy etish vazifasi topshirilgan.

Hozirda bosh boshqarma tasarrufidagi barcha umumta’lim maktablariga bosqichma-bosqich ovozli kameralar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Ovozli kameralar maktablarning barcha o‘quv xonalariga o‘rnatiladi. Kameralardan bir vaqtning o‘zida o‘quvchilar davomati, o‘qituvchi va o‘quvchilarning dars jarayonidagi xatti-harakatlari, o‘qituvchining darsga tayyorgarligi hamda pedagogik mahorati va shunga o‘xshash jaryonlar tahlil qilinadi. Kamera yozuvlari kamida 45 kun davomida saqlanib turadi.

Bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan ishlar aksariyat umumta’lim maktablarida budjetdan tashqari olingan daromadlar hisobidan hamda homiylar tomonidan olib borilmoqda. Videokameralarni o‘rnatish uchun ota-onalardan majburiy pul yig‘imini amalga oshirish qat’iyan man etiladi va ko‘zda tutilmagan.

Hurmatli ota-onalar! Agar siz umumta’lim maktablarida yuqoridagi kabi noqonuniy holatlarga duch kelsangiz, Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasining +998 71 212 04 90 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz, — deyiladi munosabatda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi maktablarda videokameralar o‘rnatish uchun ota-onalardan majburiy pul yig‘ilayotgani rad etildi