Foto: Bosh prokuratura.
Ijtimoiy tarmoqlarda Quyichirchiq tumanida er rashk sabab xotinini xususiy uy bog‘chasidagi bolalar ko‘z o‘ngida bo‘g‘ib, urganligi haqida videolavha tarqalgandi.
Aniqlanishicha, 2022 yil 24 avgust kuni Quyichirchiq tumani «Paxtakor» mahallasida yashovchi 31 yoshli erkak S.X. oilaviy kelishmovchiliklar va rashk tufayli 24 yoshli turmush o‘rtog‘i M.X. bilan janjallashib, bolalarni ko‘z oldida turmush o‘rtog‘ini urib, haqorat qilgan.
Bu holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB tomonidan o‘rganish ishlari boshlangan.
So‘ngra, 2022 yil 25 avgust kuni S.X. qaynotasini uyiga eshikdan oshib tushib, oilaviy muammolar tufayli otasini uyida yashab kelgan turmush o‘rtog‘i M.X.ni yotoqxonasiga kirib, bo‘yin sohasiga oshxona pichog‘i bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.
Olgan tan jarohati oqibatida, ayol vafot etgan, deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi