19:28 / 26.08.2022
1 051

Tadbirkorlarning manfaati yuzasidan qarzdorliklar undirib berilmoqda

Tadbirkorlarning manfaati yuzasidan qarzdorliklar undirib berilmoqda
Ma’lumki, tadbirkorlik faoliyati iqtisodiyotimiz tayanchlaridan biridir. Shu bois, tadbirkorlar, kichik va o‘rta biznes hamda xususiy sektor vakillari faoliyatini himoya qilish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.

Yurtboshimizning so‘nggi yillar davomida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini yanada rivojlantirish ularning faoliyatlari davomida yuzaga kelayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf qilish bo‘yicha bir qancha qonun va qonun osti hujjatlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilinmoqda.

Mazkur sohada Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi tomonidan ham tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, sud qarorlarini o‘z vaqtida va so‘zsiz ijrosi ta’minlanib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning avgust oyida byuroning Navoiy shahar bo‘limi ish yurituviga tadbirkorlar foydasiga undiruv bilan bog‘liq kelib tushgan 5 ta ijro hujjatlari bo‘yicha jami 653 mln. so‘m pul mablag‘lari tadbirkorlar foydasiga amalda to‘liq undirilib, 5 nafar tadbirkorlarning buzilgan huquqlari tiklandi.

Misol uchun, Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining 25.07.2022 yildagi ijro ishi buyicha “Elite kids” MCHJ foydasiga jami 497,9 mln. so‘m qarzdorlik to‘liq undirib berildi. Bunday amaliy tadbirlar bo‘lim tomonidan davom ettirilmoqda.

Majburiy ijro byurosi
Navoiy shahar bo‘limi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorlarning manfaati yuzasidan qarzdorliklar undirib berilmoqda