Senat yaqinda nikohlanuvchi shaxslar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tganlaridan so‘ng 1 oylik muddatni kutmasdan istalgan vaqtda nikohdan o‘tishlari mumkinligini ko‘zda tutuvchi qonunni rad etgan edi. Hatto kelishuv komissiyasi tuzish ham taklif etilmagandi.
Nikohlanuvchi shaxslar ko‘p duch keladigan eng katta muammo mana shu bir oy muddat. Aslida bu muddat nima uchun ishlab chiqilgan? Nikohni ortga surgandan kimga nima naf? Ba’zan nikohlanuvchilar nima uchun bir oy kutayotganini ham bilmaydi.
Ma’lumki, Oila kodeksida nikohlanuvchilar FHDYOga ariza berganidan bir oy o‘tganidan so‘ng nikohni rasmiylashtirish belgilangan. Buning uchun ular majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. Belgilangan muddat o‘tmasdan nikohlanish holatlari ko‘payganini raqamlar tasdiqlamoqda. Masalan, 2021 yilda qayd etilgan 305 mingta nikohning 50 mingga yaqini bir oy o‘tmasdan qayd etilgan.
To‘g‘ri, alohida holatlarda nikohga ruxsat berilishi mumkin. Jumladan, o‘tgan yili 22 mingdan ortiq holatda homiladorlik, 14 mingdan ortiq holatda bola tug‘ilgani hamda 12 mingdan ortiq holatda kasallik va xizmat safarlari sabab belgilangan bir oy muddat qisqartirilgan. Biroq keyingi paytlarda bu muddatni soxta hujjatlar bilan qisqartirish holatlari ko‘paymoqda va bu korrupsiyaga sabab bo‘lyapti. O‘tgan yili soxta hujjatlar bilan ish ko‘rgan FHDYO organlari rahbarlarining 60 nafardan ortig‘i intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Tibbiy ko‘rik shart va muhim. Bir oylik muddat ko‘p hollarda qisqartirishga majbur bo‘linmoqda ekan, uni yana muhokama qilishdan nima naf? Adliya vazirligi asosli tushuntirishlar bergan bo‘lsa...
Shu masala ham Prezident darajasida ko‘rib chiqilishi lozimmasdir.
Aslida ham nikohni cho‘zmagan ma’qul. Bir oylik muddatni qisqartirish faqat bunyod bo‘ladigan oilaga manfaat bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi