date
views 1 071

«Range Rover»ga «migalka» o‘rnatgan shovvoz jazolandi

«Range Rover»ga «migalka» o‘rnatgan shovvoz jazolandi
Videodan kadr.
Ijtimoiy tarmoqda «Range Rover» rusumli avtomobilga ruxsat etilmagan moslama, ya’ni «migalka» o‘rnatilganligi aks etgan video tarqaldi.

Video yuzasidan Namangan viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilgan.

Ushbu «Range Rover» avtomobili haydovchisiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 127-moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma tuzilib, avtomobil vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo‘yildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Range Rover»ga «migalka» o‘rnatgan shovvoz jazolandi