09:37 / 30.08.2022
891

Bir guruh chet el fuqarolari mukofotlandi — Prezident farmoni

Bir guruh chet el fuqarolari mukofotlandi — Prezident farmoni
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Davlatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar va ulkan demokratik o‘zgarishlarni, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqlarimiz orasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini tobora mustahkamlash, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi samarali faoliyati uchun quyidagilar «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi:

1. Fuat Oktay — Turkiya Respublikasi Vitse-Prezidenti

2. Manturov Denis Valentinovich — Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri

3. Xolid Abdulaziz al-Falih — Saudiya Arabistoni Podshohligi Investitsiyalar vaziri

4. Muhammad bin Abdulla al-Gargaviy — Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri

5. Lyuk Devin — Yevropa tashqi aloqalar xizmati Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruvchi direktori o‘rinbosari

6. Van Yanchji — Ipak Yo‘li Jamg‘armasi prezidenti – Direktorlar kengashi ijrochi direktori (Xitoy Xalq Respublikasi)

7. Deniyel Rozenblyum — AQSHning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

8. Guliyev Guseyn Rzagulu o‘g‘li — Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

9. Chernikova Alevtina Anatolevna — Rossiya Federatsiyasining «MISiS» milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori

10. Malishev Vladimir Sergeyevich — Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori

11. Tregulova Zelfira Ismailovna — Tretyakov Davlat galereyasi Bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi)

12. Ziyadullayev Nabi Saidkarimovich — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ilmiy maslahatchisi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir guruh chet el fuqarolari mukofotlandi — Prezident farmoni