23:51 / 10.09.2022
1 233

Axborot xavfsizligini ta’minlash muhim masala

Axborot xavfsizligini ta’minlash muhim masala
Joriy yilning 9 sentabr kuni Telegramm tarmog‘ining “Bastion” saytida ism sharifi keltirilmagan fuqaroning Byuroning Mirzo Ulug‘bek tumaniga kelganida binoga kirish vaqtida bo‘lim texnik xodimining binoga kirishda uyali aloqa vositasidan foydalanish taqiqlanganligi va uyali aloqa vositasini topshirish talabiga norozi bo‘lib yo‘llagan murojaati ko‘rib chiqilib quyidagilar ma’lum qilinadi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruq va ko‘rsatmalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining 2018 yil 15 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati binosiga kirish-chiqish va uning hududida bo‘lish tartibi to‘g‘risida”gi 37-sonli buyrug‘i hamda Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi boshlig‘ining 10.05.2022 yildagi 1-sonli buyrug‘iga asosan “Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi binosiga (hududi)ga foto-video va audio yozuv uskunalari, planshet, noutbuk, uyali telefon va boshqa aloqa vositalari, shuningdek elektron ma’lumot saqlash moslamalarini olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berilmaydi” deb belgilab qo‘yilgan.

Shu o‘rinda ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 3 iyuldagi 555-son qaroriga asosan ob’ekt ma’muriyati kirib-chiqish yo‘riqnomasini o‘zi tasdiqlaydi. Shunga ko‘ra ayrim davlat tashkilotlari binosiga kirish uchun mobil telefon olib kirish bilan bog‘liq cheklov belgilangan bo‘lishi mumkin. Davlat organlari va tashkilotlari joylashgan binolarga shaxsiy mobil telefonlarni olib kirish ichki va axborot xavfsizlikni ta’minlash, ish yurituvidagi oshkor etilmaydigan ma’lumotlarning butligini saqlash maqsadlarida cheklanishi mumkin.

Davlat tashkilotlarida ishlovchi xodimlarning axborot maxfiyligini saqlash bilan bog‘liq majburiyatlari mansab yo‘riqnomalari va shu kabi boshqa lavozim vazifalarini belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatib o‘tiladi. Shu sababli tashkilotlar o‘z axborot xavfsizligi siyosatidan kelib chiqib nafaqat tashqaridan tashrif buyuruvchilar, balki o‘z xodimlariga ham ishxonalarda mobil aloqa vositasidan foydalanishga ruxsat berish va aksincha taqiqlash huquqiga ega.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat